Qashshoqlikka barham berish

Kam ta'minlangan va kam daromadli talabalarni o'qishni muvaffaqiyatli yakunlashlariga ko'maklashish

Kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun imkoniyatlar

1-SHAROT. 2022-2023 O'quv Yili Akademik Kengashning 1-Qarori

Akademik Kengashning qaroriga binoan, "Temir daftar"ga kiritilgan oilalar farzandlari, yetimxonalar va bolalar qishloqlarining bitiruvchilari, ota-onasiz qolgan talabalar, vasiylik ostidagi talabalar, "Yagona ijtimoiy himoya reestri"ga kiritilgan oilalar farzandlari va "Yoshlar daftari", "Ayollar daftari", "Mehr daftari"ga kiritilgan talabalar yotoqxona to'lovlarida 50% chegirmaga ega bo'lib, yotoqxonada yashash imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Nogironligi bo'lgan talabalar yotoqxona to'lovlaridan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, institut rektori tashabbusi bilan har chorakda "Eng yaxshi model yotoqxona" nomli tanlov o'tkaziladi. Ushbu unvonga sazovor bo'lgan talabalar xonalari institut rektori sertifikatiga ega bo'ladi. Sertifikatlangan xonadagi talabalar ikkinchi marta mukofotlangan bo'lsa, keyingi o'quv yilida 50% chegirmaga ega bo'lishadi. Agar uchinchi marta mukofotlansa, 75% chegirma, to'rtinchi marta mukofotlansa, yotoqxonada bepul yashash imkoniyatiga ega bo'lishadi.